Live
11
O'zbek

La Liga. «Barselona» — «Vilyarreal» 3:2. Kataloniyaliklar kambek qayd etmoqda

Futbol
22 noyabr, 09:40
    31
Mezbonlar 10 daqiqa ichida 3 ta gol urdi.
La Liga. «Barselona» — «Vilyarreal» 3:2. Kataloniyaliklar kambek qayd etmoqda
Foto: Getty Images
22.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 3 : 2 Villarreal Villarreal

«Barselona» Ispaniya La Ligasining 13-turi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi kechayotgan bahsda hisobni tenglashtirdi. Kataloniyaliklar tanaffusga 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda ketma-ket 2 ta gol urdi.

Mehmonlar 5-daqiqada Teyjon Byukenen, 7-daqiqada esa Tani Oluvaseyi tomonidan kiritilgan gollar evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi. 23-daqiqada Lamin Yamal penaltidan unumli foydalana olmadi.

57-daqiqada Jerard Martin hisobni qisqartirdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Fermin Lopes «Barselona»ga durangni taqdim etdi. 67-daqiqada esa mehmonlar vakili avtogol muallifi bo'ldi.

Barselona — Vilyarreal 3:2
Gollar:
Teyjon Byukenen (5), Tani Oluvaseyi (7), Jerard Martin (57), Fermin Lopes (61), Avtogol (67).
Amalga oshirilmagan penalti: Lamin Yamal (23).

Barselona: Joan Garsiya, Joau Kanselu, Jerard Martin, Erik Garsiya, Fermin Lopes, Pedri, Lamin Yamal, Rafinya, Karim Adeyemi, Frenki de Yong, Mark Bernal.
Vilyarreal: Peter Gulachi, Renatu Veyga, Karlos Romero, Teyjon Byukenen, Pau Navarro, Aleks Frimen, Pap Geye, Alberto Moleyro, Santyago Komesanya, Jorj Mikautadze, Tani Oluvaseyi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

31 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar