«Barselona» Ispaniya chempionati 13-turi doirasida o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi kechayotgan bahsning birinchi bo‘limidan so‘ng 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lmoqda.
Mehmonlar 5-daqiqadayoq hisobni ochdi. Teyjon Byukenen raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan atigi 2 daqiqa o‘tib, Tani Oluvaseyi «Vilyarreal»ning ustunligini oshirdi.
23-daqiqada kataloniyaliklar hujumchisi Lamin Yamal penaltini aniq amalga oshira olmadi. Uning zarbasi darvozaning o‘ng ustuni yonidan o‘tib ketdi.
Ma’lumot uchun, bahs boshlanishidan oldin «Barselona» 33 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgandi. «Vilyarreal» esa 15 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turgandi.
La Liga. 13-tur
Barselona — Vilyarreal 0:2
Gollar: Byukenen 5, Oluvaseyi 7
Barselona: Joan Garsiya, Kanselu, Martin, Erik Garsiya, de Yong, Bernal, Pedri, Fermin Lopes, Yamal, Adeyemi, Rafinya.
Vilyarreal: Gulachi, Frimen, Navarro, Vega, Romero, Byukenen, Komesanya, Geye, Moleyro, Oluvaseyi, Mikautadze.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi