Live
12
O'zbek

Bellingham «Real» safida La Ligadagi 100-o‘yinini o‘tkazdi

Futbol
22 noyabr, 04:05
E’tiborlisi, futbolchi yubiley o‘yinida gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Bellingham «Real» safida La Ligadagi 100-o‘yinini o‘tkazdi
Foto: BBC
21.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 2 : 1 Selta Vigo Selta Vigo

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Jude Bellingham Ispaniya chempionatida o‘zi uchun muhim yubileyni nishonladi.

La Liganing 13-turida «Real» o‘z maydonida «Selta»ga qarshi bahs olib bordi. Joze Mourinyo shogirdlari uchrashuvda hisobda ortda borayotganiga qaramay, yakunda 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Ushbu bahs angliyalik yarimhimoyachi Jude Bellingham uchun «qirollik klubi» safida Ispaniya chempionati doirasidagi 100-uchrashuv bo‘ldi. E’tiborlisi, futbolchi yubiley o‘yinida gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Bellingham 2023-yildan buyon Madrid jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u La Ligada 100 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 39 ta gol urdi va 21 marta golli uzatma amalga oshirdi.

Shu tariqa, 100 ta uchrashuvda angliyalik futbolchi jami 60 ta golli harakatda bevosita ishtirok etgan. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 0,6 ta gol yoki assist to‘g‘ri kelishini anglatadi.

«Selta» ustidan qozonilgan g‘alaba esa «Real» uchun turnir jadvalida muhim ahamiyat kasb etdi. Madridliklar qo‘lga kiritilgan 3 ochko evaziga Kataloniyaning «Barselona» klubiga ochkolar soni bo‘yicha yetib oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar