Live
12
O'zbek

Olise YCHLdagi bahs oldidan qo‘ltiqtayoqda harakatlanmoqda

Futbol
22 noyabr, 07:40
«Bavariya» vingeri «Kyoln»ga qarshi bahsda jarohat olgan va har kuni davolanish muolajalarini o‘tamoqda.
Olise YCHLdagi bahs oldidan qo‘ltiqtayoqda harakatlanmoqda
Foto: Getty Images
25.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Lille Lille - : - Bavariya Bavariya

«Bavariya» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida Fransiyaning «Lill» klubiga qarshi bo‘lajak bahsda yulduz vinger Maykl Olise xizmatlaridan foydalana olmasligi mumkin.

Bayern & Germany nashrining Bild’ga tayanib xabar berishicha, futbolchi jiddiy jarohatdan qutulib qolgan. Shunga qaramay, Olise kecha himoya oyoq kiyimida va qo‘ltiqtayoq yordamida harakatlanayotgani ko‘rilgan. U har kuni davolanish muolajalarini o‘tamoqda.

Olise Germaniya Bundesligasining 11-turi doirasida «Kyoln»ga qarshi kechgan bahsda (1:1) jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, fransiyalik vinger ushbu mavsum Bundesligada 6 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Lill» va «Bavariya» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi bahsi kelasi hafta Fransiyada bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lille Lille
  • Bavariya Bavariya
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar