Live
9
O'zbek

Rodri: «Barselona» YeCHLda favorit emas»

Futbol
17 noyabr, 16:10
Kataloniya klubi so‘nggi bor ushbu turnirda 2015-yilda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Rodri: «Barselona» YeCHLda favorit emas»
Фото: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Rodri jamoasining Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Favorit ekanimiz yoki emasligimiz haqida bahslashish va o‘zimizga turli maqomlar berishning hech qanday ma’nosi yo‘q. «Barselona» Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganidan beri ancha vaqt o‘tdi. Aynan shu sovrinni qo‘lga kiritishni boshqalaridan ko‘ra ko‘proq istaymiz.

Kam­tarlikni saqlashimiz va hali o‘sishimiz kerakligini tushunishimiz lozim. O‘zimizni favorit deb hisoblamasligimiz kerak. Aksincha, yanada kuchli bo‘lish uchun bor e’tiborimizni ishlashga qaratishimiz zarur», — deya Rodrining so‘zlarini keltirmoqda Barca Times.

Eslatib o‘tamiz, jamoa so‘nggi bor ushbu turnirda 2015-yilda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar