«Fulhem»ning chap qanot himoyachisi Entoni Robinson faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Avvalroq ham «qizil iblislar» amerikalik 29 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga Maurisio Pochettino tayinlanganidan so‘ng ushbu transfer mavzusi yana kun tartibiga qaytdi.
Qayd etilishicha, ingliz klubi Robinson transferi uchun taxminan 30 million yevro taklif qilishga tayyor. Shuningdek, unga «Liverpul», «Nyukasl» va «Chelsi» klublari ham da’vogarlik qilmoqda.
O‘z navbatida, London klubi Entoni uchun kamida 42 million yevro talab qilishi mumkinligi xabar qilindi.