Live
11
O'zbek

Tailand 10 kishi qolgan Tojikistonni yirik hisobda yengib, qirol kubogi g‘olibiga aylandi

Futbol
17 noyabr, 10:43
    6
Turnirning 3-o‘rin uchun kechgan bahsida Ummon MJ Bruney darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi.
Tailand 10 kishi qolgan Tojikistonni yirik hisobda yengib, qirol kubogi g‘olibiga aylandi
Фото: Тожикистон ФФ

Tojikiston milliy jamoasi Tailand qirol kubogi finalida mezbonlarga qarshi o‘ynadi. Unda Tailand 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir bosh sovriniga ega bo‘ldi. Aytish kerakki, tojikistonliklar safida Nozim Bobojonov 38-daqiqada maydondan chetlatildi.

Turnirning 3-o‘rin uchun kechgan bahsida Ummon MJ Bruney darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi.

Tailand qirol kubogi. Final
Tailand – Tojikiston 3:0
Gollar
: Supachok Sarachat 40, Tirasak Poeyfimay 50, 75.
Tojikiston — Oleg Baklov, Zoir Jo‘raboyev, Vahdat Xanonov (Mehrubon Karimov, 62), Tabrez Islomov (Muhammadjon Rahimov, 76), Alijon Karomatullozoda, Amirbek Jo‘raboyev (Alisher Shukurov, 46), Ehsoni Panjshanbe, Shervoni Mabatshoyev (Azizbek Hayitov, 62), Nozim Bobojonov, Parvizjon Umarboyev (Abdullo Ibrohimzoda, 76), Sheriddin Boboyev (Nuriddin Hamroqulov, 46).
Chetlatish: Nozim Bobojonov 38.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar