Live
11
O'zbek

Vinisius: «Maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazishni istayman»

Futbol
17 noyabr, 09:40
Braziliyalik hujumchi Singapurga qarshi het-trik qayd etganidan keyin 60-daqiqada almashtirilganini izohladi.
Vinisius: «Maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazishni istayman»
Foto: Getty Images
17.11.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Singapur Singapur 0 : 7 Braziliya Braziliya

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Vinisius Junior Singapurga qarshi o‘rtoqlik bahsida (7:0) het-trik qayd etdi. Futbolchi 60-daqiqada almashtirilganida bundan norozi ekanini yashirmadi. U maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazishni istashini, biroq boshqa futbolchilarga ham imkon berish kerakligini tushuntirdi. Lance nashri Vinisiusning so‘zlarini keltirmoqda.

«Men doimo maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazishni istayman. Biroq boshqalarga ham o‘ynash imkoniyatini berish kerakligini tushundim. Bundan tashqari, Allan debyut qilishi lozim edi. Barchaga maydonga tushish imkoniyati berilganidan xursandman», — dedi hujumchi.

Vinisius jamoaning tayyorgarlik jarayoni haqida ham fikr bildirdi.

«Bu — tayyorgarlik davri. Murabbiy ko‘p narsani sinab ko‘rdi va barchaga o‘ynash imkoniyatini berdi. Tarkib borasida bir qarorga kelishimiz kerak, chunki Amerika kubogi ham, saralash bahslari ham yaqinlashmoqda», — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Singapur Singapur
  • Braziliya Braziliya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar