Bugun
27
O'zbek

Anchelotti uni tanqid qilgan Romarioga javob qaytardi

Futbol
16 noyabr, 09:01
    26
Braziliyalik sobiq hujumchi Yaponiya bilan o‘yindan so‘ng italiyalik mutaxassisdan iste’foga chiqishni so‘ragandi.
Anchelotti uni tanqid qilgan Romarioga javob qaytardi
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yaponiyaga (2:3) qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Romarioning tanqidlariga javob qaytardi.

Milliy jamoaning sobiq hujumchisi ijtimoiy tarmoqda quyidagicha fikr bildirgan edi: «Anchelotti, yetar! Buyumlaringni yig‘ishtir va bu yerdan ket! Hech kim sening yutuqlaringni inkor etmayapti. Sen jahon futboli tarixidagi eng buyuk murabbiylardan birisan, ammo bu yutuqlarga klublarda erishgansan. Braziliya milliy jamoasida esa hali nimalarga qodirligingni ko‘rsata olmading. Biz bunga boshqa chiday olmaymiz!»

Anchelotti esa bu tanqidga quyidagicha javob berdi: «Bu — o‘z fikrini erkin ifoda etish huquqi. Demokratik mamlakatda har bir inson o‘z fikriga ega bo‘lish huquqiga ega.

Romario o‘z fikrini bildirdi. Axir hamma haqiqat, yolg‘on yoki shunchaki safsata bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan gaplarni aytish huquqiga ega.

Haqiqat shuki, Romario ko‘p gapiradi. Bu esa uning huquqi»,
— deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Globo Esporte.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

26 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar