«Real» vingeri Vinisius Junior mavsum boshida o‘yini pasayib ketganining sabablari haqida fikr bildirdi.
Braziliyalik futbolchi madridliklar safida bu mavsum o‘tkazgan 12 ta bahsida atigi 1 ta gol urdi.
«Menimcha, Jahon chempionatidan keyin o‘zimni yaxshiroq tayyorlashim mumkin edi. Mundial biz, braziliyaliklar uchun juda muhim musobaqa hisoblanadi. Turnirni bunchalik erta tark etishimizni kutmagandik.
Haqiqiy hayotdan zavqlanish, dam olish, hordiq chiqarish va oilamga ko‘proq vaqt ajratish uchun ta’tilga chiqdim. Natijada so‘nggi yillardagiga qaraganda kamroq mashg‘ulot o‘tkazdim.
Uzoq vaqt davomida bunday yuqori saviyani saqlab turish juda qiyin. Menimcha, faqat Ronaldu va Messi shuncha yil davomida yuqori natijalarga erishib, bu darajani saqlab qola olgan. Men ham insonman va tez-tez xatolarga yo‘l qo‘yaman, ammo doimo o‘z ustimda ishlashga harakat qilaman.
Futbolni ham, kundalik hayotni ham yaxshiroq tushunishga intilyapman. Ammo men 26 yoshdaman va ba’zida hayotdan ham zavq olishim kerak. Balki bu holat mavsumni boshlashimga ta’sir qilgandir.
Shartnomani uzaytirish masalasiga kelsak, o‘tgan yozda ko‘plab klublar menga murojaat qildi. «Real»dagi vaziyat ham qo‘shilib, boshimda biroz chalkashlik paydo bo‘ldi.
Ammo mavsum juda uzoq davom etadi. O‘tgan mavsumda ham dekabr oyiga qadar atigi 5 ta gol urgandim. Biroq mavsum yakunida avvalgi mavsumlardagidek 20 dan ortiq gol bilan yakunladim.
Tayyorgarlik ko‘ryapman va rivojlanishda davom etyapman. Mavsumning hal qiluvchi pallalarida esa doimo o‘zimni ko‘rsata olaman», — deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi Globo Esporte.
Vinisius: «JChdan keyin yaxshi shug‘ullanmadim. Men ham insonman, xato qilaman»
Futbol
16 noyabr, 08:13
19
«Real» vingeri mavsumning hal qiluvchi pallasida yaxshi formaga kirishini aytdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi