Bugun
27
O'zbek

Ronalduning onasi: «Milliy jamoada uni hurmat qilishmadi, hatto sheriklari ham»

Futbol
16 noyabr, 11:48
    29
Doloresh Aveyru Daniyadan uchralgan mag‘lubiyatdan xursandligini yashirmadi.
Ronalduning onasi: «Milliy jamoada uni hurmat qilishmadi, hatto sheriklari ham»
Foto: Getty Images

Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru Portugaliya milliy jamoasini tanqid qildi. Bunga Millatlar ligasi doirasida Daniyadan uchralgan 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat sabab bo‘ldi.

Ushbu bahs 41 yoshli hujumchi milliy jamoa safidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilganidan keyin portugaliyaliklar uchun ilk o‘yin bo‘ldi. U murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab vatan jamoasi bilan xayrlashdi.

Daniyaga qarshi bahsda Portugaliya futbolchilari maydonga 7-raqamli futbolkalarda tushishdi. «Estadio Municipal de Braga» stadionidagi muxlislar esa «Rahmat, sardor!» degan yozuvli bannerni ko‘tarishdi va uchrashuv boshlanganidan 7 daqiqa o‘tib Ronalduning nomini aytib, hayqirishdi.

Doloresh Aveyru voqea yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

— Albatta, uning hafsalasi pir bo‘ldi. Uning ishonchini oqlashmadi. Men ham xafaman. Ammo ular mag‘lubiyatga to‘liq loyiq edi. Rostini aytsam, hatto bundan xursandman.

Sharaflash marosimi u yo‘q paytda emas, balki uning ishtirokida o‘tkazilishi kerak edi. Biz bunday marosimni shu yerda, «Sporting»da tashkil qilamiz. Bu yerda uni qadrlashadi. Milliy jamoada esa uni hurmat qilishmadi, hatto jamoadoshlari ham.


— O‘g‘lingizning Jorje Jezush bilan munosabatlari qanday?

— Sizniki qanday bo‘lsa, xuddi shunday, — deya javob berdi Doloresh O Jogo bilan intervyuda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

29 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar