Bugun
47
O'zbek

Portugaliya milliy jamoasining 3 futbolchisi yig‘inni tark etdi

Futbol
15 noyabr, 04:40
    7
Ruben Diash va Joau Palinya diskvalifikatsiya sabab, Bernardu Silva esa tibbiy ko‘rikdan keyin jamoa ixtiyorida qolmadi.
Portugaliya milliy jamoasining 3 futbolchisi yig‘inni tark etdi
Foto: Getty Images
14.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Portugaliya Portugaliya 1 : 4 Daniya Daniya

Portugaliya milliy jamoasining uch futbolchisi Millatlar ligasida Daniyaga qarshi kechgan bahsdan so‘ng jamoa ixtiyorini tark etdi. Portugaliya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ruben Diash Joau Palinya va Bernardu Silva Uelsga qarshi guruh bosqichining so‘nggi bellashuvida ishtirok etmaydi.

Ruben Diash va Joau Palinya sariq kartochkalar limiti to‘lgani sababli 17-noyabr kuni Kardiffda o‘tkaziladigan bahsni o‘tkazib yuboradi. Bernardu Silva esa tibbiy ko‘rikdan keyin o‘yinlarda qatnashishga tayyor emas deb topilgan.

«Portugaliya milliy jamoasi futbolchilari Ruben Diash va Joau Palinya sariq kartochkalar limiti to‘lgani sababli seshanba kuni Kardiffda Uelsga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsda ishtirok eta olmaydi. Bernardu Silva ham jamoa ixtiyorini tark etdi.

Portugaliya futbol federatsiyasining sog‘liqni saqlash va sport tayyorgarligi departamenti mutaxassislari tibbiy tekshiruvdan so‘ng uning o‘yinlarda qatnashishga tayyor emas degan xulosaga keldi. Yakshanba kuni ertalab bosh murabbiy Jorje Jezush boshchiligidagi mashg‘ulotlarda 24 nafar futbolchi ishtirok etmoqda», — deyiladi federatsiya rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya milliy jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turida Daniyaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bellashuvda daniyaliklar safida Pyer-Emil Xyoybyerg, Rasmus Xoylund (2) va Yoaxim Andersen gol urdi. Portugaliyaliklarning yagona goliga esa Bernardu Silva mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Daniya Daniya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar