Bugun
47
O'zbek

Fernandesh: «Daniyadan uchralgan mag‘lubiyat bizga saboq bo‘lishi kerak»

Futbol
15 noyabr, 01:30
    14
Portugaliyalik yarimhimoyachi Daniyadan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatga izoh berdi.
Fernandesh: «Daniyadan uchralgan mag‘lubiyat bizga saboq bo‘lishi kerak»
Foto: Getty Images
14.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Portugaliya Portugaliya 1 : 4 Daniya Daniya

«Manchester United» va Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Bruno Fernandesh Millatlar Ligasi doirasida Daniyadan uchralgan 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatga izoh berdi.

«Unutish kerak bo‘lgan o‘yinlar bo‘lmaydi. Bu bahs bizga ko‘p narsani o‘rgatishi va xatolarimizni ko‘rsatishi lozim.

Biz istaganimizdek o‘yinga kira olmadik. Odatda markaz orqali juda yaxshi hujum qilamiz, ammo Daniya shu hududni butkul yopdi. Shu sabab vaziyat yaratish yanada qiyinlashdi.

Ko‘proq qanotlardan foydalandik, raqibni yakkama-yakka aldab o‘tishga va to‘pni jarima maydoniga uzatishga urindik. Daniyaliklar bu borada kuchli ekanini bilardik. Ular deyarli barcha imkoniyatlaridan gol urishdi.

Avvalgi o‘yinlarimiz ham mukammal emas edi. Bu mag‘lubiyatdan xulosa chiqarib, keyingi bahs uchun ijobiy jihatlarni saqlab qolishimiz kerak», — dedi Fernandesh Canal 11 nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Daniya Daniya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

14 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar