Bugun
47
O'zbek

Bessi Pochettinoning «MYu»dagi ilk transferi bo‘lishi mumkin – manba

Futbol
15 noyabr, 11:30
    12
Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozga qadar mo‘ljallangan.
Bessi Pochettinoning «MYu»dagi ilk transferi bo‘lishi mumkin – manba
Фото: Getty Images

«Fulhem» himoyachisi Kelvin Bessi yanvar oyidagi transferlar oynasida «Manchester United»ning ustuvor maqsadlaridan biriga aylanishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino tez orada «qizil iblislar»da ish boshlaydi. Murabbiy qishki transferlar davrida tarkibni kuchaytirishni istamoqda.

Jamoa himoya markazini kuchaytirish borasida Bessiga ko‘z tikmoqda. Nigeriyalik 26 yoshli futbolchi yuqori tezligi, jismoniy imkoniyatlari va bir nechta himoya pozitsiyalarida o‘ynay olishi bilan ajralib turadi. U chap qanot himoyachisi sifatida ham harakat qila oladi. Bu esa Lyuk Shouning tez-tez jarohat olishi fonida «Manchester United» uchun ayniqsa muhim.

Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozga qadar mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Fulhem Fulhem
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar