Bugun
47
O'zbek

Ispaniyada 10 yil ichida ikkinchi «oltin avlod» shakllandi. Bunga qanday erishildi?

Futbol
15 noyabr, 10:30
    34
Yoshlar akademiyalariga e’tibor va yagona futbol tizimi Ispaniya muvaffaqiyatining asosiy omillariga aylandi.
Ispaniyada 10 yil ichida ikkinchi «oltin avlod» shakllandi. Bunga qanday erishildi?
Foto: Getty Images
15.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Ispaniya Ispaniya 2 : 3 Angliya Angliya

Ispaniya futboli 2010-yillarning o‘rtalarida yuzaga kelgan inqirozdan qisqa vaqt ichida chiqib ketdi. 2016-yildayoq, ketma-ket ikkita muvaffaqiyatsiz turnirdan so‘ng, mamlakat futbol federatsiyasi yoshlar akademiyalari bilan hamkorlikni kuchaytirishga kirishdi. 2022-yilda esa futbolni rivojlantirish bo‘yicha milliy reja tasdiqlandi.

Ushbu sa’y-harakatlar o‘z samarasini berdi. 2016-yildan buyon Ispaniya milliy jamoalari turli yosh toifalaridagi 20 dan ortiq turnirda g‘alaba qozondi. Bu ko‘rsatkich Yevropadagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Milliy reja doirasida ispan klublari o‘z akademiyalari tarbiyalanuvchilariga ko‘proq imkoniyat bera boshladi. Hozirda La Liga top-5 chempionat orasida o‘z mamlakatida tarbiyalangan futbolchilar soni bo‘yicha ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda.

Ispan klublari yosh futbolchilarni asosiy jamoaga olib chiqishda zaxira jamoalari tizimidan keng foydalanadi. «Barselona Atletik» va «Real Kastilya» bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Kattalar darajasidagi musobaqalarda ishtirok etadigan ikkinchi jamoasiga ega klublar soni esa 42 taga yetgan.

Muvaffaqiyatning yana bir muhim omili — yoshlar milliy jamoalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aniq tizim. Luis de la Fuente avval yoshlar jamoalarida ishlagani sababli hozirgi tarkibdagi futbolchilarning katta qismini yaxshi taniydi.

Bundan tashqari, barcha yosh toifalarida yagona o‘yin uslubiga amal qilinishi futbolchilarning keyingi bosqichga moslashishini osonlashtiradi. Shu tariqa yoshlar jamoasida shakllangan o‘yin tamoyillari asosiy milliy jamoada ham davom ettiriladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Angliya Angliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

34 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar