Bugun
47
O'zbek

Kubarsi Angliya milliy jamoasidagi ikki sevimli futbolchisini aytdi

Futbol
15 noyabr, 08:00
«Barselona» himoyachisi Harri Keyn va Entoni Gordonni alohida e’tirof etdi.
Kubarsi Angliya milliy jamoasidagi ikki sevimli futbolchisini aytdi
Foto: Getty Images
15.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Ispaniya Ispaniya 2 : 3 Angliya Angliya

Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi Angliyaning o‘zi yoqtirgan ikki futbolchisini ma’lum qildi. The Athletic nashriga bergan intervyusida u Harri Keyn va Entoni Gordon nomlarini tilga oldi.

«Men Keynga qarshi ikki marta o‘ynaganman. Unga qarshi kurashish juda qiyin. Harri juda aqlli futbolchi, buni hamma biladi. U Angliyadan mening eng sevimli futbolchim. Yana Entoni Gordonni ham aytgan bo‘lardim», — deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Ma’lumot uchun, Ispaniya va Angliya milliy jamoalari 15-noyabr kuni Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida o‘zaro bahs olib boradi. Bellashuv Madridning «Atletiko» klubi stadionida Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Angliya Angliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar