Live
4
O'zbek

Yamal va Oyarsabal Angliyaga qarshi o'yinda maydonga tushishlari mumkin

Futbol
13 noyabr, 07:30
Ispaniya bosh murabbiyi har ikki futbolchining jamoa safiga qo'shilishini tasdiqladi.
Yamal va Oyarsabal Angliyaga qarshi o'yinda maydonga tushishlari mumkin
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal 15-noyabr kuni bo'lib o'tadigan Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi Angliyaga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

19 yoshli futbolchi tizzasidan olgan jarohati sababli Chexiyaga (2:0) qarshi bahsni o'tkazib yuborgandi.

Yamaldan tashqari, Mikel Oyarsabal ham milliy jamoa safiga qo'shiladi.

«Yaxshi yangiliklar bor. Lamin Yamal o'zini yaxshi his qilmoqda va juma kuni jamoaga qo'shilishni intiqib kutmoqda.

Mikelning ham ahvoli yaxshilandi. Ularning ikkalasi ham Angliyaga qarshi o'yin oldidan biz bilan birga bo'lishadi»,
— dedi Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar