Ispaniya milliy jamoasi ketma-ket 12 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.
Luis de la Fuente boshchiligidagi jamoa Millatlar ligasining 5-turida Chexiyani 2:0 hisobida magʻlub etdi.
Ispanlar so‘nggi bor chempionlik bilan yakunlangan 2026 yilgi Jahon chempionatining ilk turida Kabo-Verde (0:0) milliy jamoasiga qarshi bahsda g‘alaba qozona olmagandi.
Shuningdek, «qizil furiya» o‘yinning asosiy vaqti bo‘yicha mag‘lubiyatsiz seriyasini 43 ta uchrashuvga yetkazdi. Bu — rekord.
Ispaniyaliklar so‘nggi bor 2024 yil mart oyida asosiy vaqtda mag‘lubiyatga uchragan. O‘shanda Kolumbiya o‘rtoqlik uchrashuvida ularni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Shundan buyon jamoa 34 ta g‘alabaga erishdi va 9 marta durang o‘ynadi. 2025 yilgi Millatlar ligasi finalida Portugaliyaga penaltilar seriyasida yutqazilgani asosiy o‘yin vaqti uchun durang hisoblangan.
Ispaniyaning g‘alabali seriyasi 12 ta, mag‘lubiyatsiz seriyasi 43 ta o‘yinga yetdi
Futbol
13 noyabr, 03:05
5
De la Fuente shogirdlarini o‘yinda mag‘lub etgan so‘nggi jamoa Kolumbiya sanaladi.
Foto: Getty Images
12.11.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Chexiya
0
:
2
Ispaniya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi