«Al Qodisiya» yarimhimoyachisi Tiani Reynders Saudiya Arabistoni chempionatida futbol saviyasi pastligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.
«Saudiya Arabistonida rivojlanishda davom etayotganimni ishonch bilan ayta olaman. Bunga ishonch hosil qilmoqchi bo‘lsangiz, Proliganing bitta uchrashuvini tomosha qilishni tavsiya qilaman. U yerga ko‘chib o‘tishimning yagona sababi pul emas edi. Biroq kelajakda Yevropaga qaytishni ham istardim», — deya Reyndersning so‘zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, niderlandiyalik 28 yoshli futbolchi o‘tgan yozda «Manchester Siti»dan «Al Qodisiya»ga ko‘chib o‘tgan edi. Transfer qiymati 61 million yevroni tashkil etgan. Reynders Saudiya klubi safida barcha turnirlarda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.