Live
4
O'zbek

Rasman: Pochettino — «MYu» bosh murabbiyi

Futbol
13 noyabr, 07:14
    19
Argentinalik mutaxassis mankunianliklar bilan 2029-yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Rasman: Pochettino — «MYu» bosh murabbiyi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi Maurisio Pochettinoni bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.

Qayd etilishicha, tomonlar 2029-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolashdi.

Avvalroq Pochettino Angliyaning «Sauthempton», «Tottenhem» va «Chelsi» klublarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, u AQSh milliy jamoasini ham boshqargan. Jamoa 2026-yilgi jahon chempionatining 1/8 finaliga qadar yetib borgan.

«Manchester Yunayted» ayni vaqtda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. Mankunianliklar APLning keyingi turida safarda «Enfild» stadionida «Liverpul» mehmoni bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

19 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar