Live
4
O'zbek

Shomurodov: «Jismoniy tomondan yutqazdik»

Futbol
12 noyabr, 22:45
    66
O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Rossiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Shomurodov: «Jismoniy tomondan yutqazdik»
Foto: UFA

O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya (2:3) bilan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Alamli natija. 2:0 hisobida oldinda borib, yakunda yutqazib qo‘ydik. Rossiyada texnik jihatdan kuchli o‘yinchilar bor va ular xatolarni kechirmaydi.

O‘ylaymanki, o‘yin yomon bo‘lmadi. Tarkibda yosh futbolchilar ko‘p. Ularga shunday katta o‘yinlarda amaliyot kerak.

G‘alabaga ishonib qoldik, deb o‘ylamayman. Menimcha, jismoniy tomondan ham yutqazdik. Ozroq charchab qoldik.

Mashg‘ulotlar kam bo‘lgani ta’sir qiladi, albatta. Yangilanayotgan tarkib va yosh o‘yinchilar bilan biroz vaqt kerak»,
— deya Shomurodovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

66 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar