Fransiya himoyachisi Dayo Upamekano Millatlar ligasi doirasida Italiyadan (1:3) uchralgan magʻlubiyatdan soʻng milliy jamoa safini tark etdi.
RMC Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «Bavariya»ning 28 yoshli futbolchisi shaxsiy sabablarga ko‘ra Fransiya milliy jamoasi ixtiyorini tark etgan. Bosh murabbiy Zinedin Zidanning roziligi bilan himoyachi Myunxenga qaytgan. Uning o‘rniga boshqa futbolchi chaqirilishi haqida hozircha ma’lumot berilmadi.
Upamekano Italiyaga qarshi bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. O‘yin davomida u penaltiga sabab bo‘lgan xatoga yo‘l qo‘ydi. 75-daqiqada Pio Esposito ushbu penaltini golga aylantirdi.
15-noyabr kuni Fransiya Millatlar ligasi doirasida Turkiya bilan bahs olib boradi.
Upamekano shaxsiy sabablarga ko‘ra Fransiya safini tark etdi
Futbol
13 noyabr, 05:53
«Bavariya» himoyachisi Zidanning roziligi bilan Myunxenga qaytdi.
Foto: Getty Images
12.11.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Italiya
3
:
1
Fransiya