Live
1
O'zbek

Zidan: «Kelajakda «Yuventus»ni boshqarish? Nega endi yo‘q?»

Futbol
11 noyabr, 22:25
    2
Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi kelajakda turinliklarni boshqarishi mumkinligini aytdi.
Zidan: «Kelajakda «Yuventus»ni boshqarish? Nega endi yo‘q?»
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan kelajakda «Yuventus»ni boshqarishi mumkinligini aytdi.

Qayd etish lozim, fransiyalik sobiq yarimhimoyachi 1996–2001-yillarda aynan Turin klubida to‘p tepgan.

«Marcello Lippi menga doimo oldinga intilish kerakligini o‘rgatgan. Turinda o‘ynay boshlaganimda yaxshi o‘ynamayotgandim.

Matbuot va muxlislar meni jamoa darajasiga mos emas deb hisoblashardi. Lekin Lippi menga ishondi. Kelajakda «Yuventus»ga murabbiy bo‘lish? Nega endi yo‘q?» — dedi Zidan.

Fransiyalik mutaxassis Italiyada taktikani chuqur o‘rganganini ham ta’kidladi.

«Lippi bilan har kuni 30 daqiqa taktika ustida ishlardik. To‘p bilan o‘ynashni istagan futbolchi sifatida ba’zan norozi bo‘lardim. Biroq murabbiylar taktika ustalari edi.

Lippi menga ishonch bag‘ishlardi, men esa maydonda uning ishonchini oqlashga harakat qilardim», — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Mbappe va Zidan o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emasligi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Yuventus Yuventus
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar