Live
1
O'zbek

Skamakka «Yuventus»ga o‘tishi mumkin

Futbol
11 noyabr, 13:05
Uning klub bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Skamakka «Yuventus»ga o‘tishi mumkin
Фото: Getty Images

«Atalanta» hujumchisi Janluka Skamakka faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, italiyalik 27 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishdan Turinning «Yuventus» klubi manfaatdor. «Keksa sinyora»ning bosh direktori Jovanni Karnevally 27 yoshli futbolchining saviyasini yuqori baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Skamakka 2023-yil avgustidan buyon «Atalanta» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Hujumchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Bu mavsumda forvard A Seriya doirasida yettita uchrashuvda maydonga tushib, atigi bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Atalanta Atalanta
Bugungi yangiliklar