Live
1
O'zbek

«MYU» APLdan tushib ketsa, katta moliyaviy yo‘qotishlarga uchrashi mumkin

Futbol
12 noyabr, 00:55
Klub oxirgi marta 1973/1974-yilgi mavsumda quyi divizionga tushib ketgandi.
«MYU» APLdan tushib ketsa, katta moliyaviy yo‘qotishlarga uchrashi mumkin
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» APLdan tushib ketsa, daromadlari keskin kamayishi mumkin. Bu haqda Sports Illustrated xabar berdi.

Eng katta yo‘qotishlardan biri tijoriy tushumlarga tegishli bo‘ladi. Adidas klubga hozir yiliga taxminan 90 million funt to‘layapti. Jamoa Chempionshipga tushsa, bu summa ikki baravar kamayishi yoki butunlay to‘xtatilishi mumkin. Kompaniya 2035-yilgacha tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish huquqiga ega.

Teletranslyatsiyadan tushadigan mablag‘ ham ancha qisqaradi: Chempionshipdagi to‘lovlar 4 million funtga yetishi mumkin, APLda esa bu ko‘rsatkich 96 million funtni tashkil etadi.

Chipta, ovqatlanish, klub mahsulotlari va VIP-paketlar savdosidan keladigan daromad ham kamayishi ehtimol. Muxlislar «Old Trafford»ga kelishda davom etsa-da, Chempionship jamoalariga qarshi o‘yinlarga betaraf tomoshabinlar va sayyohlar kamroq tashrif buyurishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, «Manchester Yunayted» oxirgi marta 1973/1974-yilgi mavsumda quyi divizionga tushgan. Jamoa bir yildan so‘ng elitaga qaytib, 1975/1976-yilgi mavsumni 3-o‘rinda yakunlagan.

Avvalroq «qizil iblislar» Pochettino bilan og‘zaki kelishuvga erishgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar