Live
1
O'zbek

Rossiyalik futbol sharhlovchisi O‘zbekiston — Rossiya uchrashuvi uchun o‘z taxminini bildirdi

Futbol
12 noyabr, 01:30
Konstantin Genich O‘zbekiston milliy jamoasining hujum chizig‘iga yuqori baho berdi.
Rossiyalik futbol sharhlovchisi O‘zbekiston — Rossiya uchrashuvi uchun o‘z taxminini bildirdi
Foto: Матч ТВ
12.11.2026, 10:00 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston - : - Rossiya Rossiya

Rossiyalik futbol sharhlovchisi Konstantin Genich O‘zbekiston va Rossiya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi haqida fikr bildirib, bahs natijasi bo‘yicha o‘z taxminini ma’lum qildi.

«Rossiya milliy jamoasining Nigeriyaga qarshi o‘yinida hujumga qanday ishtiyoq bilan o‘tganini ko‘rdik.

O‘zbekistonning hujum chizig‘ini hisobga olsak, maydon egalarida ham gol urish uchun imkoniyatlar bo‘lishi aniq.

Shuning uchun mening taxminim — har ikki jamoa ham gol uradi», — deya Genichning so‘zlarini keltiradi «RB Sport» nashri.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bugun, 12-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Bahs Moskva vaqti bilan soat 18:00 da, Toshkent vaqti bilan esa 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda har ikki jamoa o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.

Avvalroq Shomurodov Rossiya milliy jamoasi a’zosi haqida gapirib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar