«Manchester Yunayted» Maurisio Pochettino bilan kelishuvga deyarli erishdi.
Avvalroq AQSh milliy jamoasini boshqarayotgan argentinalik mutaxassis Maykl Kerrik iste’foga chiqarilgan taqdirda mankunianliklar bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri ekani ma’lum bo‘lgandi.
The Athletic nashrining xabar berishicha, seshanba kuni «Yunayted» vakillari Pochettino tomoni bilan hamkorlik shartlarini kelishib olgan. Hozircha klub AQSh futbol federatsiyasi bilan bog‘langani yo‘q. Biroq Maurisio bilan shartnoma imzolashga yakuniy qaror qabul qilinsa, federatsiyaga 10 million dollar miqdorida tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.
Bosh murabbiy bilan birga uning yordamchilari ham AQSh milliy jamoasidan «Manchester Yunayted»ga o‘tadi. Buning uchun ingliz klubi yana alohida tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
«MYU» APL turnir jadvalida 10 ta turdan so‘ng 8 ochko jamg‘argan holda 18-o‘rinni egallab turibdi.
«MYU» Pochettino bilan deyarli kelishuvga erishdi
Futbol
11 noyabr, 03:50
30
Manchester klubi Kerrikni iste’foga chiqarib, argentinalik mutaxassis uchun AQShga tovon puli to‘laydi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi