Live
1
O'zbek

«Klubda uni juda qadrlashadi» — Romano Pochettinoning «MYU»dagi imkoniyatlari haqida

Futbol
10 noyabr, 22:00
Insayderning aytishicha, argentinalik mutaxassis «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri.
«Klubda uni juda qadrlashadi» — Romano Pochettinoning «MYU»dagi imkoniyatlari haqida
Foto: Getty Images

Jurnalist va insayder Fabritsio Romano Maurisio Pochettinoning «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, klub argentinalik mutaxassisni yuqori baholaydi va u nomzodlar qatoridan joy olgan.

«Pochettino «Manchester Yunayted» talablariga bir qator jihatlar bo‘yicha mos keladi. Unda xalqaro tajriba va boshqa muhim fazilatlar bor. Klubda uni juda qadrlashadi, shu sababli u, shubhasiz, nomzodlar qatorida. Murabbiyning o‘zi ham ushbu taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Hozir asosiy masala — «Manchester Yunayted» unga ishonch bildirishga va bosh murabbiy etib tayinlashga qaror qiladimi yoki yo‘qmi. Uning vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Pochettino shartnomasida tovon puli belgilangan va «MYU» uning transferi qancha turishini biladi.

Endi klub egalari, direktorlar va ushbu jarayonda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning pozitsiyasini hisobga olgan holda qanday qaror qabul qilinishini kutish kerak. Ammo Pochettino nomzodi, albatta, ko‘rib chiqilishi lozim», — dedi Romano ijtimoiy tarmoqdagi videosida.

Ma’lumot uchun, Pochettinoning AQSH futbol federatsiyasi bilan shartnomasida 10 million dollar miqdorida tovon puli belgilangan. «MYU» argentinalik mutaxassisni tayinlash uchun ushbu mablag‘ni to‘lashi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» hozircha Maykl Kerrikni rasman iste’foga chiqargani yo‘q. Jamoa Angliya Premyer-ligasining dastlabki 10 turida bir marta g‘alaba qozongan va 8 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar