«Manchester Yunayted» Maurisio Pochettinoni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi bo‘lsa, AQSH futbol federatsiyasiga 10 million dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. The Athletic nashri xabariga ko‘ra, bu summa argentinalik mutaxassisning amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, «MYU» Pochettinoning murabbiylar shtabini ham taklif qilmoqchi bo‘lsa, yana bir necha million dollar sarflashiga to‘g‘ri keladi. Mutaxassisning yordamchilari u bilan 10 yildan ortiq vaqtdan beri birga ishlab kelmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» hozircha Maykl Kerrikni rasman iste’foga chiqargani yo‘q. Biroq bu qaror yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Pochettino AQSH milliy jamoasini boshqarib kelmoqda. Argentinalik mutaxassis avval «Tottenhem», «PSJ» va «Chelsi» klublarida ham ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, «MYU» Angliya Premyer-ligasining dastlabki 10 turida bor-yo‘g‘i bir marta g‘alaba qozongan va turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.