«Real»ning futbolchilar maoshi uchun ajratayotgan mablag‘i yozgi transfer kampaniyasi va Vinisius Junior bilan shartnoma uzaytirilganidan keyin keskin oshdi. Sport.es nashri 2playbook.com hisobotiga tayanib xabar berishicha, klubning ushbu mavsumdagi maosh va amortizatsiya xarajatlari 707 million yevroni tashkil qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, bu summa «Real»ning umumiy operatsion xarajatlarining 57 foiziga, daromadining esa 50 foiziga teng. Shunga qaramay, klubning moliyaviy holati bunday xarajatlarni UEFA tomonidan belgilangan me’yorlarni buzmagan holda amalga oshirish imkonini bermoqda.
Madridliklar ushbu mavsum yakunida jami 1 milliard 405 million yevro daromad olishni prognoz qilmoqda. Bu esa klubning yuqori miqdordagi maosh xarajatlarini moliyaviy jihatdan qoplash imkoniyatiga ega ekanini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» yozgi transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirgan, shuningdek, braziliyalik Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi