Opta superkompyuteri Ispaniya chempionatining 12-turidan keyin «Barselona» va «Real»ning chempionlik uchun imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, «Barselona»ning mavsum yakunida chempion bo‘lish ehtimoli 64,3 foizni tashkil etmoqda. «Real»ning chempionlik imkoniyati 31,6 foizga teng. «Atletiko»ning chempionlik ehtimoli esa 3,8 foiz deb baholangan.
Ma’lumot uchun, 12 ta turdan keyin «Barselona» 33 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Madridning «Real» jamoasi 30 ochko bilan ikkinchi, «Atletiko» esa 28 ochko bilan uchinchi pog‘onani egallagan.
Keyingi turda «Barselona» «Vilyarreal» bilan, «Real» esa «Selta»ga qarshi bahs olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi