«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk va «Sanderlend» hujumchisi Brayan Brobbey Niderlandiya milliy jamoasi ixtiyorini tark etdi. Bu haqda Niderlandiya Qirollik futbol federatsiyasi xabar berdi.
Shu tariqa, futbolchilar Millatlar ligasi doirasidagi yaqin uchrashuvlarda ishtirok etmaydi.
Ma’lum qilinishicha, klublari safidagi so‘nggi uchrashuvlardan keyin har ikki futbolchi milliy jamoa o‘yinlarida ishtirok etish uchun yetarli jismoniy holatda emas. Shu bois murabbiy ularga ortiqcha yuklama bermaslikka qaror qilgan.
Shuningdek, safdan chiqqan futbolchilar o‘rniga milliy jamoaga boshqa o‘yinchilar chaqirilmasligi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya 13-noyabr kuni Amsterdamdagi «Yoxan Kroyf Arena» stadionida Gretsiyani qabul qiladi. 16-noyabr kuni esa Germaniya mehmoni bo‘ladi.