«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan oyda Angliya milliy jamoasi a’zosi barcha turnirlar doirasida 5 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.
Muxlislar o‘rtasidagi ovoz berish jarayonida Rays himoyachi Ezri Konsa, shuningdek, yarim himoyachilar Martin Edegor va Noni Maduekini ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Mikel Arteta shogirdlari Angliya Premyer-ligasining 10-turidan keyin 27 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Keyingi turda londonliklar safarda «Nyukasl»ga qarshi bahs olib borishadi.