Bugun
13
O'zbek

O‘zbekiston – Rossiya uchrashuvini tojikistonlik hakam boshqaradi

Futbol
9 noyabr, 12:30
    5
Bahs 12 noyabr kuniga belgilangan.
O‘zbekiston – Rossiya uchrashuvini tojikistonlik hakam boshqaradi
Фото: Getty Images
12.11.2026, 10:00 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston - : - Rossiya Rossiya

O‘zbekiston milliy jamoasi 12 noyabr kuni Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs uchun hakamlar brigadasi tayinlandi.

O‘FF matbuot xizmati xabar berishicha, Toshkentdagi bahsni tojikistonlik hakamlar boshqaradi.

Uchrashuvda FIFA referisi Gulmurodi Sa’dullo bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda FIFA assistentlari Hasan Karimov va Farhod Quralov yordam beradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 20:00 da boshlanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi «oq bo‘rilar» Rossiya bilan bahsdan so‘ng Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik bahsida ham ishtirok etadi. Ushbu yig‘inga Abduqodir Husanov va Eldor Shomurodov jalb qilinmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar