Live
2
O'zbek

«Tottenhem» Gibbs-Uaytni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Futbol
9 noyabr, 11:51
Morgan uchun «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.
«Tottenhem» Gibbs-Uaytni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Фото: Getty Images

«Nottingem Forest» yarimhimoyachisi Morgan Gibbs-Uayt faoliyatini «Tottenhem»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk jurnalisti Graham Bailey xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «shporlar» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Jeyms Meddison va Konor Gallaher uzoq muddat davomida jamoaga yordam bera olishiga shubha bilan qaramoqda. Shu bois italiyalik mutaxassis Gibbs-Uaytni jamoaga jalb etishdan manfaatdor.

«Tottenhem» Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisini 2025-yil yozidagi muvaffaqiyatsiz transfer urinishidan keyin ham kuzatishda davom etmoqda. Biroq londonliklar futbolchi uchun kurashda «Manchester Yunayted» bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Gibbs-Uayt bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar