«Tottenhem» APLning 10-turida «Lids»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va o‘zining noxush seriyasini davom ettirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, londonliklar APL doirasida hisobda birinchi bo‘lib ortda qolgan so‘nggi 39 ta uchrashuvning birortasida g‘alaba qozona olmagan.
Ushbu bahslarning 9 tasida «Tottenhem» durang natija qayd etgan bo‘lsa, qolgan 30 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. Bu klub tarixidagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shu tariqa, «taqachilar» raqib birinchi bo‘lib gol urgan uchrashuvlarda hisobni o‘z foydasiga o‘zgartirish borasida jiddiy muammoga duch kelmoqda.
«Lids»ga qarshi bahsdagi mag‘lubiyat ham ushbu noxush statistikaning yanada yomonlashishiga sabab bo‘ldi.
Ayni paytda «Tottenhem» Angliya chempionatida 10 ta turdan so‘ng musobaqa jadvalining 10-pog‘onasini egallab turibdi. Avvalroq «taqachilar» Slot nomzodini ko‘rib chiqishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi