Live
57
O'zbek

APL. «Tottenhem» «Lids»ga yutqazib qo'ydi

Futbol
7 noyabr, 09:25
    7
Londonliklar safarda imkoniyatni boy berdi. Yagona gol bahs yakuniga 11 daqiqa qolganida kiritildi.
APL. «Tottenhem» «Lids»ga yutqazib qo'ydi
Foto: Getty Images
07.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Lids Lids 1 : 0 Tottenhem Tottenhem

Angliya Premyer-ligasining 10-turida «Lids» o‘z maydonida «Tottenhem»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvdagi yagona gol 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Noa Okafor tomonidan kiritildi.

Ushbu natijadan so‘ng «Lids» ochkolarini 14 taga yetkazib, turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarildi. «Tottenhem» esa 12 ochko bilan 10-pog‘onada qoldi.

APL. 10-tur
Lids — Tottenhem 1:0
Gol:
Okafor 79.
Ogohlantirishlar: Longstaff 22, van de Ven 15, Tel 43, Porro 51, 65, Fernandes 65, Marmush 65, Tonali 88, Kudus 83.

Lids: Trafford, Jastin, Elvedi, Muharemovich, Gudmundsson (Bard, 46), Tanaka (Uilson, 77), Bogle, Ampadu, Nmecha (Okafor, 77), Longstaff (Gruev, 90), Kalvert-Lyuin.
Tottenhem: Kinski, Porro (Gallaxer, 65), van Hekke, van de Ven, Robertson, Fernandes (Kulusevski, 65), Tonali, Grey, Tel (Solanke, 43), Marmush (Bentankur, 65), Kudus (Uilyams-Barnett, 83).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lids Lids
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar