O‘zbekiston Superligasining 27-turida «Lokomotiv» safarda «Andijon» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bahsning 5-daqiqasida Aleksandr Shushnyar avtogol muallifiga aylanib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida, 48-daqiqada Nikolay Ivanov «Lokomotiv»ni oldinga olib chiqdi. 56-daqiqada Suhrob Nurulloyev Sardor Mirzayev uzatmasidan so‘ng yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Lokomotiv» 45 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Andijon» esa 31 ochko bilan 10-pog‘onada qoldi.
Superliga. 27-tur
Andijon — Lokomotiv 1:3
Gollar: Shushnyar 5 (avtogol) — Abduxoliqov 8 (Nurulloyev), Ivanov 48, Nurulloyev 56 (Mirzayev).
Ogohlantirish: Reimov 45+3.
Andijon: Potapov, Andronikashvili, Chalasan, Turg‘unboyev, Temirov (Erqinboyev, 78), Ismonaliyev, Toirov, Boake, Sulaymonov, Karimov (Xoldorxonov, 64), Turdimurodov (Iminov, 46).
Lokomotiv: Kozlov, Tupliyev (Shodiboyev, 68), Nurulloyev (Yaxshiboyev, 68), Abduxoliqov (Ibraimov, 89), Ivanov, Shushnyar, Mirzayev (Abraev, 81), Kucherenko, Poyonov, Zoteev, Reimov (Turopov, 68).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi