Live
18
O'zbek

«Roma» «Chelsi» vingerini ijaraga olmoqchi

Futbol
7 noyabr, 08:30
Rimliklar qishki transfer oynasida Jeymi Bayno-Gittens bilan hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
«Roma» «Chelsi» vingerini ijaraga olmoqchi
Foto: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi vingeri Jeymi Bayno-Gittens qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, italiyalik «Roma» 22 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, rimliklar qishda hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan va Bayno-Gittensni ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

«Roma»ning transfer ro‘yxatidan Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik hamda «Frozinone» vingeri Georgiy Kvernadze ham joy olgan.

Ma’lumot uchun, Bayno-Gittens ushbu mavsum «Chelsi» safida faqat Angliya Liga kubogining ikkita bahsida maydonga tushgan va samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.

Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt portali 22 yoshli angliyalik futbolchining transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar