O‘zbekiston Superligasining 27-turida «Mash’al» o‘z maydonida «Surxon»ni qabul qildi. Bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Bahs davomida har ikki jamoa g‘alaba uchun kurash olib bordi, biroq hisob o‘zgarmadi. Uchrashuvda Muhammadbobur Mo‘ydinov va Behzod Shamsiyev ogohlantirildi.
Ushbu natijadan so‘ng «Mash’al» 5 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida qoldi. «Surxon» esa 31 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.
Superliga. 27-tur
Mash’al — Surxon 0:0
Ogohlantirishlar: Mo‘ydinov 65, Shamsiyev 89.
Mash’al: Rusanov, Akramov, Tojidinov, Abduraimov, To‘xtasinov, Mo‘ydinov, Ifeani, Yarashev, Jovliyev (Ismoilov, 68), Rahimov, Asqarov.
Surxon: Boymurodov, Shamsiyev, Tursunov, Sherbo‘tayev, Abdullajonov (Fraydey, 46), Ramazonov (Yusupov, 46), O‘ktamov, Dzebniauri, Shukurullayev, Musaxonov, Shaydulov (Bahodirxonov, 37).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi