«Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopes bosh murabbiy Hans-Diter Flik qo‘l ostidagi faoliyati va murabbiy yordamida o‘yin borasida qanday o‘zgargani haqida gapirdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
«Ushbu murabbiy qo‘l ostida yanada yetuk futbolchiga aylandim. Avvallari ba’zan haddan tashqari fidoyilik bilan harakat qilardim va shoshilinch qarorlar qabul qilardim. Flik tufayli o‘yinni yaxshiroq tushunishni boshladim. Maydondagi vaziyatlarni o‘qish, muayyan holatda qanday harakat qilish kerakligini anglashni o‘rgandim. U o‘yinimning ko‘plab jihatlarida yetuklikka erishishimga yordam berdi», — dedi 23 yoshli yarimhimoyachi.
Ma’lumot uchun, Hans-Diter Flik 2024-yil yozidan buyon «Barselona»ni boshqarib kelmoqda. Nemis mutaxassisining klub bilan shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Fermin Lopes «Barselona» asosiy jamoasi safida 2023-yildan buyon o‘ynamoqda.