Bugun
31
O'zbek

Sobiq hakam: «Chuameni bilan bog‘liq vaziyatda penalti bo‘lishi mumkin emas»

Futbol
2 noyabr, 02:55
Eduardo Iturralde Gonsales «Real» foydasiga bekor qilingan penalti qarorini izohladi.
Sobiq hakam: «Chuameni bilan bog‘liq vaziyatda penalti bo‘lishi mumkin emas»
Foto: Mediotiempo
01.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Racing Santander Racing Santander 0 : 3 Real Madrid Real Madrid

La Liga sobiq hakami Eduardo Iturralde Gonsales «Rasing»ga qarshi uchrashuv (3:0)da Orelyen Chuameni qo‘liga tekkan to‘p sabab «Real» darvozasiga belgilangan penalti nima uchun bekor qilinganini tushuntirdi.

«Bu penalti emas. To‘p Chuamenining o‘zidan qaytib, qo‘liga tekkan. Bu futbol qoidalaridagi oddiy holat, xuddi darslikdagi misol kabi.

Bu nimani anglatadi? Futbolchi to‘pga zarba beradi va to‘p uning qo‘liga tegadi. Bunday vaziyatda penalti bo‘lishi mumkin emas», — dedi Iturralde.

Qayd etish lozimki, bahsning 72-daqiqasida Matteo Prati bilan to‘p uchun kurash jarayonida to‘p Chuamenining yon tomonga uzatilgan qo‘liga tegdi. Uchrashuv bosh hakami Xose Munuera Montero dastlab «Rasing» foydasiga penalti belgiladi, ammo videotasvirni ko‘rib chiqqach, qarorini o‘zgartirdi.

Ma’lumot o‘rnida, madridliklar navbatdagi uchrashuvni Chempionlar Ligasida AEKka qarshi o‘tkazadi. Bahs 4-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Racing Santander Racing Santander
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar