«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Erik ten Hag jamoa mavsum yakunida Chempionshipga tushib ketishi mumkinligini aytdi.
«APLdan tushib ketishingiz mumkin. Chunki bu chempionatda barcha jamoalar juda kuchli. Har bir klubning tarkibi ham, murabbiylari ham yaxshi.
Agar noto‘g‘ri yo‘ldan borsangiz va omadsizliklar girdobiga tushib qolsangiz, undan chiqib ketish juda qiyin bo‘lishi mumkin», — deya ten Hagning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.
Qayd etish lozim, «qizil iblislar» ushbu mavsumni omadsiz boshladi. Jamoa 9 turdan keyin 7 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 17-pog‘onasini egallab turibdi.
Undan keyingi o‘rinda borayotgan «Kristal Pelas» ham shuncha ochkoga ega va ayni paytda quyi ligaga tushib ketish hududida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik mutaxassis 2022 yil yozidan 2024 yil oktyabr oyigacha «Manchester Yunayted»ni boshqargan. Hozirda u «Tvente» klubida texnik direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda.