Bugun
31
O'zbek

Ten Hag: «Ronaldu 7–8 yildan beri avvalgi darajasida emas. «Real» u bilan vaqtida xayrlashgan»

Futbol
1 noyabr, 15:55
    34
Niderlandiyalik mutaxassisning fikricha, Madrid klubi yulduzlar bilan qachon xayrlashishni biladi.
Ten Hag: «Ronaldu 7–8 yildan beri avvalgi darajasida emas. «Real» u bilan vaqtida xayrlashgan»
Foto: Getty Images

Erik ten Hag Krishtianu Ronaldu anchadan buyon avvalgi darajada o‘ynash qobiliyatini yo‘qotgan deb hisoblaydi.

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Angliya klubida birga ishlagan paytlarida u bilan o‘zaro kelishmovchilikka borgan 41 yoshli futbolchi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Keling, bir narsaga oydinlik kiritib olaylik: men uchun Krishtianu, shubhasiz, fantastik futbolchi va barcha davrlarning eng buyuk o‘yinchilaridan biri. Ammo haqiqat shundaki, so‘nggi 7–8 yil davomida u avvalgi darajasida o‘ynay olmadi. «Yuventus»dagi davridan keyin uning faoliyatidagi bu bosqich amalda yakunlandi.

Aslida, «Real»ning eng kuchli jihati shundaki, klub futbolchi bilan xayrlashish uchun eng maqbul vaqtni doimo to‘g‘ri belgilaydi. Ular futbolchining saviyasi qachon pasaya boshlaganini yaxshi tushunishadi va hamkorlikni shunday paytda yakunlashga qaror qilishadiki, tashqi tomondan hali ham futbolchi o‘zining eng yuqori cho‘qqisida turganday ko‘rinadi. Vaholanki, u allaqachon zarur talablarga javob bera olmay qolgan bo‘ladi.

Eng muhimi, ular buni vaziyat og‘riqli tus olishidan oldin amalga oshirishadi»
, — dedi niderlandiyalik mutaxassis ESPN telekanalidagi Goedemorgen Eredivisie dasturida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

34 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar