«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 9-turida «Liverpul» maydonida 1:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin jamoasini maqtadi.
Qayd etish lozim, londonliklar ushbu stadionda 14 yildan buyon raqibini yuta olmayotgan edi.
«Bu g‘alaba klubimizga aloqador barcha insonlar uchun. 14 yil — juda uzoq vaqt. Yaqindagi voqealar, jumladan, «Flitvud»dan uchralgan mag‘lubiyat bizda kurashish ishtiyoqini uyg‘otib, o‘z kuchimizga ishonchni mustahkamladi. Bugun jamoa ko‘rsatgan o‘yin esa ajoyib bo‘ldi», — dedi Arteta.
Murabbiyning aytishicha, bahs ayrim paytlarda sekin kechgan bo‘lsa-da, «Arsenal» 6-7 ta golli vaziyat yaratdi. Jamoa qanotlarda agressiv o‘ynab, yuqori pressing qildi.
U noaniq pas yoki muvaffaqiyatsiz uzatma o‘yinni darhol o‘zgartirib, raqibga tezkor hujum uchun imkoniyat berishini ta’kidladi.
Shunday vaziyatlarda jamoasining ko‘rsatgan o‘yinini Arteta yuqori baholadi.