«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio La Liga 11-turi doirasida «Racing» maydonida qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabadan (3:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Hisob 3:0 bo‘lib turganida ham muxlislar o‘z jamoasini oldinga undashda davom etishdi. Shu bois o‘yin oxirigacha xavf saqlanib turdi. Biz yaratgan golli vaziyatlarni hisobga olsak, 4:0 yoki 5:0 hisobida g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Ammo vaziyat boshqacha tus olishi ham mumkin edi: raqib hech bo‘lmaganda bitta gol urganida, yanada faollashardi.
Yuqori pressingdan foydalandik. «Racing» ham o‘z maydoniga kelgan barcha jamoalarga qarshi aynan shunday o‘ynaydi. Shunga qaramay, biz uchun juda og‘ir o‘tgan haftadan keyin yana bir g‘alabani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik.
Hozir barcha futbolchilar Bellinghem va Diomande himoyada harakat qilgani kabi o‘ynashmoqda. Hatto Mbappening ham pressingda faol ishtirok etganini ko‘rdim. Jamoa katta fidoyilik ko‘rsatmoqda, o‘sishda davom etyapti va yaxshi futbol namoyish qilmoqda.
Fikrimcha, yaratayotgan vaziyatlarimiz sonini hisobga olsak, ko‘proq gol urishimiz kerak. Bunday o‘yindan chin dildan mamnunman. Hujumkor futbolchilar jamoa manfaati uchun o‘zlarini ayamaslikka tayyor bo‘lishsa, bu butun jamoaga yordam beradi. Bu — juda qimmatli uch ochko.
Dastlab menga tushunarsiz bo‘lgan ayrim jihatlarni endi anglab boryapman. Futbolchilar ham meni murabbiy sifatida yaxshiroq tanib olishmoqda. Ular talablarimning qaysilari majburiy ekanini tushuna boshlashdi.
Futbolchilar va murabbiylar shtabi o‘rtasida mustahkam insoniy munosabatlar shakllandi. G‘oyalarim ularning individual fazilatlari bilan uyg‘unlashmoqda. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz», — deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Marca.
Mourinio: «Jamoa katta fidoyilik ko‘rsatmoqda. Hatto Mbappe ham pressingda faol»
Futbol
1 noyabr, 14:45
6
«Real» ustozi Santanderdagi yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Foto: Getty Images
01.11.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Racing Santander
0
:
3
Real Madrid
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi