Live
3
O'zbek

Militaoning uyiga klassiko vaqtida o‘g‘rilar bostirib kirdi

Futbol
1 noyabr, 01:55
    4
O‘g‘rilar 350 ming yevrodan ortiq qiymatdagi soatlar va taqinchoqlarni olib ketishgan.
Militaoning uyiga klassiko vaqtida o‘g‘rilar bostirib kirdi
Foto: Getty Images

La Liganing 10-turida «Real» «Barselona» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuv vaqtida madridliklar himoyachisi Eder Militaoning uyiga o‘g‘rilar bostirib kirgan. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jinoyatchilar La-Moraleja elita hududida joylashgan uyga uchinchi qavatdagi hammom oynasi orqali kirishgan. Ular qiymati 350 ming yevrodan ortiq bo‘lgan soatlar va taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketishgan. Bu vaqtda futbolchining oila a’zolari birinchi qavatda uchrashuvni tomosha qilayotgan bo‘lgan.

Militao uyiga qaytgach, qimmatbaho buyumlar yo‘qolganini payqagan. Hodisa joyiga politsiya xodimlari va turar joy majmuasining xususiy qo‘riqlash xizmati vakillari yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik himoyachi yaqinda jarohatidan tiklandi. U bu mavsumda «Real» safida faqat bitta uchrashuvda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar