«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Rasing» bilan bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Tayyorgarlik yaxshi ketmoqda, mashg‘ulotlarda ajoyib ishlayapmiz va ushbu uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rdik. «Rasing» La Ligaga qaytganidan so‘ng o‘z maydonida 5 ta uchrashuv o‘tkazib, shundan uchtasida g‘alaba qozondi. Ikki bor durang qayd etdi.
Jamoa yaxshi futbol namoyish etmoqda. Biz raqibni hurmat qilishimiz kerak. Ularning o‘ziga xos o‘yin uslubi bor va ular g‘alaba uchun maydonga tushishadi. Bu bizni hayratda qoldirmaydi. Uchrashuv qanchalik qiyin bo‘lishini yaxshi tushunib turibmiz», — dedi Mourinyo klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, ushbu bellashuv 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.