Live
13
O'zbek

Ronaldu «Oltin to‘p» marosimida 5 yildan beri eng yaxshi yosh futbolchi uchun ovoz bermayapti — L'Équipe

Futbol
31 oktabr, 09:15
Portugaliyalik futbolchi France Football bilan kelishmovchilik sabab ushbu nominatsiyada ovoz berishdan bosh tortmoqda.
Ronaldu «Oltin to‘p» marosimida 5 yildan beri eng yaxshi yosh futbolchi uchun ovoz bermayapti — L'Équipe
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi va «An Nasr» klubi sardori Krishtianu Ronaldu ketma-ket beshinchi yil «Oltin to‘p» marosimida «Eng yaxshi yosh futbolchi» nominatsiyasi bo‘yicha ovoz berishda qatnashmadi. L'Équipe nashrining xabar berishicha, bunga sovrin tashkilotchisi France Football bilan kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik sobiq futbolchilar Zinedin Zidan va Mishel Platini ham ushbu nominatsiya bo‘yicha ovoz berishdan bosh tortgan.

Ma’lumot uchun, 2026-yilda «Eng yaxshi yosh futbolchi» sovrini «Barselona» hujumchisi Lamin Yamalga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda France Football jurnalining o‘sha paytdagi bosh muharriri Paskal Ferre Ronaldu unga faoliyatini Lionel Messidan ko‘proq «Oltin to‘p» bilan yakunlashni asosiy maqsad qilganini aytganini bildirgan edi. Keyinchalik portugaliyalik futbolchi bu gaplarni rad etib, Ferreyni yolg‘onchilikda ayblagan. Shundan so‘ng Ronaldu «Oltin to‘p» bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashmay kelmoqda.

Bugungi yangiliklar