Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Aleksandr Usik «An Nasr» va «Al Holud» (5:3) o‘rtasidagi bahsni stadiondan kuzatdi. Ushbu bellashuvda Krishtianu Ronaldu het-trik qayd etdi.
«Ajoyib bahs. Shunchaki ajoyib. Krishtianu — o‘zga sayyoralik», — dedi Usik.
Eslatib o‘tamiz, Usik avvalroq portugaliyalik hujumchiga alohida videolavha ham bag‘ishlagan edi. U Lionel Messining dastxati tushirilgan, ramkaga joylangan futbolkasi fonida Ronalduga xos «Siuuu» gol nishonlashini takrorlagan.